9 Iyul 2026
38
Yosh yengil atletikachilarimiz qit’a chempionatini 2 ta medal bilan boshlashdi
Xitoyning Ordos shahrida yengil atletika boʻyicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta kumush medalga sazovor boʻldi.
Dastlabki medalni bosqon uloqtiruvchimiz Ayyubxon Fayozov keltirdi. Atletimiz musobaqada 71,16 metr natija qayd etdi. Shuningdek, uch hatlab sakrash dasturida Ibrohim Mahkamov 16,34 metr bilan shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan joy oldi.