2030-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlari dasturidagi oʻzgarish e’lon qilindi
Fransiyadagi Alp togʻlarida oʻtadigan 2030-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi musobaqa dasturidan oʻrin olgan sport turlarini e’lon qildi. Unda qator yangi sport turlari va dasturlari Oʻyinlar taqvimidan oʻrin olgan boʻlsa, changʻi ikki kurashi sporti Olimpiya oʻyinlaridan chiqarildi. Batafsil:
Yangi qo‘shilgan sport turlari:
Chang‘i sporti – frirayd;
Snoubord – frirayd;
Sinxron figurali uchish.
Yangi qo‘shilgan dasturlar (medallar jamlanmalari):
Biatlon – aralash yakkalik estafetasi;
Konkida yugurish – erkaklar jamoaviy sprinti;
Konkida yugurish – ayollar jamoaviy sprinti;
Fristayl – aralash jamoaviy ski-kross;
Snoubord – aralash jamoaviy parallel bahslar;
Tramplindan sakrash – ayollar jamoaviy musobaqasi;
Ski-alpinizm – erkaklar individual poygasi;
Ski-alpinizm – ayollar individual poygasi;
Ski-alpinizm – erkaklar sprinti;
Ski-alpinizm – ayollar sprinti;
Ski-alpinizm – aralash estafeta.
Dasturdan chiqarib yuborilgan sport turi:
Chang‘i ikki kurashi.