9 Iyul 2026 53

Anvar Anvarov Finlyandiyadagi xalqaro musobaqada zafar quchdi

Finlyandiyaning Yoensu shahrida Butunjahon yengil atletika federatsiyasining (World Athletics) taqvimidan oʻrin olgan bronza darajadagi turnir bo‘lib o‘tdi. Unda erkaklar o‘rtasida uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan hamyurtimiz Anvar Anvarov oltin medalga sazovor boʻldi. Hamyurtimiz turnirda 7,97 metr natija qayd etib, eng yaqin ta’qibchilari hisoblangan mezbon atletlarni sezilarli farq bilan ortda qoldirishga erishdi.

Gʻolib va sovrindorlar:
🥇 Anvar Anvarov (Oʻzbekiston) — 7,97 metr
🥈 Kalle Salminen (Finlyandiya) — 7,80 m
🥉 Kasper Vehma (Finlyandiya) — 7,64 m

Text to speech