8 Iyul 2026
204
"Prezident Olimpiadasi": Eng kuchli voleybolchi yigitlar saralandi
Poytaxtimizda voleybol bo‘yicha "Prezident Olimpiadasi"ning Respublika saralash bosqichi bellashuvlari o‘tkazilmoqda. Hozirga kelib, yigitlar o‘rtasidagi kvalifikatsiya o‘yinlari ortda qoldi.
Qiziqarli bahslar yakuniga ko‘ra, Farg‘ona, Andijon va Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlari final bosqichiga yo‘l olishdi. Endi 12-iyulga qadar tashkil etiladigan o‘yinlarda qizlar o‘rtasidagi kuchlilar saralab olinadi.