8 Iyul 2026
203
Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan taekvondo WT va karate WKF jamoalarining mashgʻuloti kuzatildi
MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov hamda Sport vazirligi boshqarma boshligʻi Akrom Nizametdinov taekvondo WT va karate WKF boʻyicha terma jamoalarimizning mashgʻulotini kuzatdi. Har ikki jamoa hozirda Toshkent viloyatidagi “Dukent” bazasida Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlikning muhim bosqichini oʻtkazmoqda.
Rasmiylar har bir sportchimiz bilan ularning holati, rejalari haqida suhbatlashishdi. Shuningdek, murabbiylar shtabi bilan tayyorgarlikning keyingi bosqichlarini yanada chuqur koʻrib chiqib, potensial raqib jamoalarni tahlil qilish boʻyicha tavsiyalar berishdi.