7 Iyul 2026 259

Aichi-Nagoya-2026: Eshkak eshish turlari va dzyudo boʻyicha terma jamoalarimizning tayyorgarligi oʻrganildi

Sport vaziri oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov hamda MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan terma jamoalarimizning rejalari bilan tanishishda davom etmoqda. Mutasaddilar bu gal Oʻzbekiston Rowing&Canoe hamda dzyudo federatsiyalarining rejalarini muhokama qilishdi.

Qayd etish joiz, har ikki federatsiya terma jamoalari Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarida delegatsiyamizga eng koʻp medallarni taqdim qilgan edi. Rasmiylar oʻrganish ishlari davomida Yaponiyada tashkil qilinadigan bellashuvlarda ham eshkak eshish va dzyudo jamoalarimizga Xitoydagidek yuqori koʻrsatkichlarga erishishlarini tilashdi. Shuningdek, terma jamoalarning soʻnggi tayyorgarlik dasturlari, ishtirok etadigan sportchilar tarkibi va ularning holati atroflicha muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Text to speech