5 Iyul 2026 90

Sport jamoatchiligi uchun antidoping yoʻnalishida uzluksiz maslahat xizmati yoʻlga qoʻyilgan

Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligining Call-markazi sportchilar, murabbiylar va sport sohasi vakillariga antidoping masalalari boʻyicha 24/7 rejimida ishonchli maslahat berib kelmoqda.

Shu kunga qadar markazga dopingning oldini olish, antidoping qoidalari, sportda taqiqlangan moddalar va boshqa masalalar yuzasidan muntazam murojaat kelib tushmoqda. Ularning bir qismi Agentlik mutaxassislari ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etilgan, qolgan murojaatlarga esa operatorlar tomonidan tezkor va zarur tushuntirishlar berilgan.

Doping, taqiqlangan moddalar va antidoping qoidalari yuzasidan savollaringiz boʻlsa, quyidagi raqam orqali murojaat qilishingiz mumkin:

☎️ +998 95 199 55 01

Text to speech