5 Iyul 2026 93

Ulugʻbek Rashidov yana bir karra Osiyo chempionligiga erishdi

Tailandda sport kurashlari boʻyicha U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetib bormoqda. Ortda qolgan kun erkin kurash boʻyicha bellashuvlar tashkil etilib, unda oʻzbekistonlik sportchilar 1 tadan oltin va bronza medallariga ega chiqishdi.

Oltin medalni -57 kg vazn toifasida kurashgan Ulugʻbek Rashidov keltirdi. -65 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sanjarbek Anvarbekov esa bronza medaliga sazovor boʻldi.

Text to speech