4 Iyul 2026
94
Futbol boʻyicha media-liga gʻolibi aniqlandi
Bugun “JAR” sport majmuasida “United media futbol liga” turnirining final bellashuvi boʻlib oʻtdi. Mamlakatimizda futbol ommaviyligini oshirish yoʻlida tashkil etilgan musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvida “A1” va “Cosmos” jamoalari bosh sovrin uchun bahs olib bordi.
Qiziqarli bellashuv “Cosmos” jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Taqdirlash marosimida MOQ va OʻFA, rahbariyati, Sport vazirligi mutasaddilari ishtirok etib, gʻolib va sovrindorlarni erishgan yutuqlari bilan qutlashdi.