8 May 2026 392

Riyod-2026 Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari dasturiga kirgan sport turlari maʼlum boʻldi

Joriy yilning 28-noyabr – 7-dekabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti VI Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qiladi. Osiyo Olimpiya kengashi mazkur musobaqa dasturidan oʻrin oladigan sport turlarini eʼlon qildi. Unga koʻra, ishtirokchi davlatlar quyidagi sport turlarida bellashishadi:

– 3x3 basketbol
– Bilyard
– Boks
– Shaxmat
– Futzal
– Gandbol
– Jiu-jitsu
– Kabaddi
– Karate
– Aralash jang sanʼati (MMA)
– Muay-tai
– Padel
– Skvosh
– Taekvondo
– Tekbol
– Sport kurashlari

Text to speech