4 Iyul 2026 243

Xotira mangu: Bugun Mirabror Usmonov tavallud topgan kun

Bugun mamlakatimiz sport taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshgan davlat arbobi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda mamlakat futbol federatsiyasining sobiq rahbari Mirabror Usmonov tavallud topgan kun.

Mirabror Zufarovich hayot boʻlganlarida, bugun 79 yoshni qarshi olgan boʻlar edilar. Ularning milliy sportni rivojlantirish, ayniqsa, Olimpiya harakatini yuksaltirish, mamlakatimizda zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish, shuningdek, xalqaro maydonlarda Oʻzbekistonning sportdagi nufuzini mustahkamlash yoʻlidagi samarali faoliyati hamisha chuqur hurmat va ehtirom bilan yodga olinadi. Qolaversa, bugun oʻzbek futbolida erishilayotgan yutuqlarga poydevor qoʻyilishida M.Usmonovning ham katta hissasi bor.

Mirabror Zufarovichning xotirasi qalbimizda mangu yashaydi.

Text to speech