4 Iyul 2026 280

Yunon-rum kurashchilarimiz U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida 8 ta medal qoʻlga kiritishdi

Pattaya shahrida (Tailand) sport kurashlari boʻyicha U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Ortda qolgan kun yosh yunon-rum kurashchilarimiz 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

🥇 Oltin medal:
-67 kg: Ogʻabek Muqimov

🥈 Kumush medal:
-60 kg: Dostonbek Oripov

🥉 Bronza medal:
-72 kg: Behruzbek Valiyev
-82 kg: Bekmurod Rustamov
-97 kg: Faxrikamol Komiljonov

Shu tariqa, “klassik” kurashchilarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egallashdi.

Text to speech