2 Iyul 2026
136
Yosh “klassik“ kurashchilarimiz qitʼa chempionatini 3 ta medal bilan boshlashdi
Tailandda sport kurashlari boʻyicha U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati start oldi. Anʼanaga muvofiq, turnirni yunon-rum kurashi ustalari boshlab berishdi. Dastlab kun gilamga chiqqan yurtdoshlarimiz 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga ega chiqishdi.
🥇 Oltin medal:
-77 kg: Ogʻabek Askaraliyev
🥈 Kumush medal:
-55 kg: Otabek Tursunov
🥉 Bronza medal:
-63 kg: Quvonchbek Ismoilov