1 May 2026 2073

Ruslan Nurudinov Samoadagi musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritdi

Samoaning Apiya shahrida ogʻir atletika boʻyicha “Universal Weightlifting Cup” musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Erkaklar oʻrtasidagi -110 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ruslan Nurudinov oltin medallarga sazovor boʻldi.

Yurtdoshimiz dast koʻtarishda 178 kg, siltab koʻtarishda 222 kg, ikki kurashda esa roppa-rosa 400 kg natija qayd etdi. Shubhasiz, bu natija bilan Nurudinov eng yaqin taʼqibchilari boʻlgan Samoa va Fiji vakillarini katta farq bilan ortda qoldirishga erishdi.

Text to speech