28 Iyun 2026
44
Oʻzbekiston jahon chempionatida Kongo DR bilan bahs olib bordi
Futbol boʻyicha jahon chempionatining Kongo DR – Oʻzbekiston uchrashuvida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya hamda Milliy Paralimpiya qoʻmitalari, OʻFA rahbariyati bevosita stadionda boʻlib, futbolchilarimizni qoʻllab-quvvatladi.
Uchrashuv yakunlangach, Oʻzbekiston delegatsiyasi Kongo Demokratik Respublikasi futbol federatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqot davomida rasmiylarimiz Afrika jamoasini qoʻlga kiritilgan gʻalaba bilan qutlab, pley-off bosqichida omad tiladi.
Suhbat yakunida tomonlar oʻzaro esdalik sovgʻalarini almashdilar.