28 Iyun 2026
42
Yosh yunon-rum kurashchilarimiz U15 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida birinchi boʻlishdi
Tailandning Pattaya shahrida U15 va U20 yosh toifalaridagi Osiyo chempionatiga start berildi. Ayni paytda U15 yosh toifasida yunon-rum kurashi bahslari yakuniga yetdi.
Unda oʻzbekistonlik sportchilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
🥇 Oltin medal:
-38 kg: Abubakr Qurbonov
-41 kg: Mahmudjon Ahmedov
-44 kg: Bobur Sayfulloyev
🥈 Kumush medal:
-68 kg: Ruslan Ovezmuratov
🥉 Bronza medal:
-48 kg: Mirislom Gʻofurov
-52 Abdulaziz Xotamov
-62 kg: Behruz Abdupattoyev
-85 kg: Temur Uralov