27 Iyun 2026
210
Shahram Ahadov Sindao Gran-prisida kumush medalga sazovor boʻldi
Xitoyning Sindao shahrida tashkil etilayotgan dzyudo boʻyicha Gran-pri turnirining bugungi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli oʻtdi. -73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Shahram Ahadov kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Hamyurtimiz saralashda Finlyandiya, Qozogʻiston, Turkiya, BAA vakillarini magʻlub etdi. Biroq finalda jahon chempionatlarining 3 karra sovrindori, yaponiyalik Tatsuki Ishixaraga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.