27 Iyun 2026 594

Anvar Anvarov Xorvatiyadagi turnirda Oʻzbekiston rekordini yangiladi

Xorvatiyaning Zagreb shahrida yengil atletika boʻyicha xalqaro turnir boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Yurtdoshimiz musobaqada 8.29 metr natija koʻrsatdi. Ahamiyatlisi, bu yangi Oʻzbekiston rekordi sifatida qayd etildi. Avvalgi
milliy rekord ham Anvarovga tegishli boʻlib, u oʻtgan yili Finlyandiyada 8.25 metrga sakragan edi.

🥇 Anvar Anvarov (Oʻzbekiston) — 8.29 metr
🥈 Luka Boshkovich (Serbiya) — 8.23
🥉 Tajey Geyl (Yamayka) — 8.18

Text to speech