7 May 2026 1163

Oʻzbekiston jahon chempionati oldidan Niderlandiya bilan oʻynaydi

Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrayotgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining mundial oldidan tashkil etiladigan oxirgi oʻrtoqlik uchrashuvidagi raqibi maʼlum boʻldi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining maʼlum qilishicha, Fabio Kannavaro shogirdlari 8-iyun kuni Nyu-Yorkda Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradi.

Niderlandiya Oʻzbekiston
🗓 8-iyun 23:45
🏟 “Icahn Stadium”. Nyu-York

Eslatib oʻtamiz, jamoamiz jahon chempionati oldidan yana bir oʻrtoqlik uchrashuvini 1-iyun kuni Kanadaga qarshi oʻtkazadi.

Text to speech