26 Iyun 2026
392
“Uimbldon-2026”: Tennischilarimiz birinchi davradagi raqiblarini bilib olishdi
29-iyun kuni London shahrida tennis boʻyicha “Uimbldon” “Katta dubulgʻa” turniri start oladi. Maʼlum qilganimizdek, ayollar oʻrtasidagi bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasining 3 nafar aʼzosi asosiy davrada ishtirok etishadi. Bugun musobaqaga qurʼa tashlandi va tennischilarimiz ilk bosqichdagi raqiblarini bilib olishdi. Unga koʻra, yurtdoshlarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
Kamilla Rahimova – Anxelina Kalinina (Ukraina);
Polina Kudermetova – Lyudmila Samsonova (Neytral sportchi);
Mariya Timofeyeva – Beatriz Maya (Braziliya)