25 Iyun 2026 128

Mountinbaykchilarimiz Boʻstonliqda oʻtayotgan Osiyo chempionatida 3 ta medalni qoʻlga kiritishdi

Shu kunlarda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida velosportning mountinbayk yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. 27-iyunga qadar davom etadigan mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi va qator dasturlardagi final bahslari tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, mamlakat velosport federatsiyasi rahbari Tanzila Narbayeva, Osiyo velosport konfederatsiyasi Prezidenti Amarjit Singh, Sport vaziri oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov ishtirok etib, musobaqa qatnashchilariga samimiy tilaklarini yoʻllashdi.

Oʻtkazilgan bahslar sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Ayollar oʻrtasida tashkil etilgan dounhill dasturida shohsupaning barcha pogʻonasi yurtdoshlarimizga nasib etdi.

🥇 Mariya Zakirova
🥈 Aliza Rejepova
🥉 Sevinchoy Zaripboyeva

Qayd etish joiz, bu yilgi qit’a birinchilida 18 mamlakatdan 300 nafarga yaqin sportchi qatnashmoqda.

Text to speech