25 Iyun 2026 136

Ilgiz Tantashevga Jazoir va Avstriya oʻyini topshirildi

Oʻzbekistonlik referi Ilgiz Tantashev jahon chempionatining 3-turiga ham jalb qilindi. Yurtdoshimiz “J” guruhidan oʻrin olgan Jazoir — Avstriya jamoalari oʻrtasidagi oʻyinni boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlarimiz Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam berishadi.

Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 28-iyun tonggi 07:00 da start oladi.

Text to speech