24 Iyun 2026 58

Sablyachi qizlarimiz Osiyo chempionatining jamoaviy dasturida bronza medallarini qoʻlga kiritishdi

Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Hindistonda oʻtayotgan Osiyo chempionatida yana bir bronza medaliga sazovor boʻldi.

Ayollar oʻrtasida jamoaviy sablya dasturida qatnashgan yurtdoshlarimiz yarim finalda Janubiy Koreyaga imkoniyatni berishdi va bronza medallari bilan taqdirlanishdi. Musobaqada Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera hamda Ayakoʻz Jumamuratova yurtimiz sharafini himoya qildilar.

Qayd etish joiz, musobaqa davomida Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi tomonidan 2024/2025-yilgi mavsum laureatlari ham taqdirlanishdi. Unda hamyurtimiz Dilorom Turdiqulova shpaga dasturidagi eng yaxshi hakam deb topildi.

Text to speech