9-may kuni oʻzbek sporti muxlislarini nimalar kutmoqda?
Ushbu sana oʻzbek sporti uchun qator musobaqalarga boy. Jumladan:
– Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da boks boʻyicha U15 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida yarim final janglari oʻtkaziladi;
– Angliyaning Manchester shahrida Bahodir Jalolov va Javohir Ummataliyev professional boks oqshomida jang qilishadi;
– Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev harakat qilayotgan “Istanbul Bashakshehir” klubi “Samsunspor”ga qarshi bahs oʻtkazadi.
– Abduqodir Husanov toʻp tepayotgan “Manchester Siti” APL doirasida oʻz maydonida “Brentford”ni qabul qiladi.
– Sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Bolgariyaning Varna shahrida Jahon chellenj kubogida ishtirok etadi;
– Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Qozogʻistonning Ostona shahri mezbonlik qiladigan “Katta dubulgʻa” turnirining oʻrta vazn toifasidagi bellashuvlarida qatnashadi;
– Stenddan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Qozogʻistonning Olma-ota shahrida Jahon kubogi bosqichida ishtirok etadi.