23 Iyun 2026 46

Dzyudochilarimiz Sindao Gran-prisida ishtirok etishadi

26-28-iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida dzyudo boʻyicha navbatdagi "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tadi.

Mukofot jamg‘armasi 154 000 yevroni tashkil etuvchi musobaqada 58 davlatdan jami 521 nafar dzyudochi medallar hamda Los-Anjeles-2028 yo‘lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. Murabbiylar shtabi tomonidan O‘zbekiston terma jamoasining Sindaoga yo‘l oladigan tarkibi tasdiqlandi.

Erkaklar:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov, Bahrom Boturov
-66 kg: Abdurahim Nutfullayev, Dilshod Hamroyev
-73 kg: Shahram Ahadov, Elbek Tojiyev
-81 kg: Arslon Tojiyev, Murodjon Yo‘ldoshev
-90 kg: Davlat Bobonov, Nurbek Murtazoyev
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev

Ayollar:
-48 kg: Laziza Haydarova, Sevinch Murodova
-52 kg: Sita Kadambayeva, Muhayyo Axmatova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-63 kg: Marjona Nurullayeva
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva, Shirinjon Yo‘ldosheva
-78 kg: Barchinoy Qodirova, Marjona Ko‘chimova
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva, Umida Nig`matova

Text to speech