21 Iyun 2026 264

Otabek Umarov UFC Prezidenti Dana Uayt bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov AQShda dunyoning eng nufuzli aralash yakkakurash tashkiloti UFC prezidenti Dana Uayt bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Samimiy va konstruktiv ruhda kechgan muloqot davomida sport industriyasining bugungi rivojlanish tendensiyalari, professional jangovar sport turlarini ommalashtirish hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Janob Uayt UFC tashkilotining faoliyati, bazasi va yangi rejalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tomonlar sport orqali yoshlarni sogʻlom turmush tarziga jalb etish, yirik sport loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va oʻzaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratdilar.

Yurtimizda kuchli boks an’analari va jahon elitasidagi sportchilar koʻpligi e’tirof etilgan holda mamlakatimizda UFC tarmogʻidagi ZUFFA Boxing bellashuvlarini tashkil qilish taklifi ilgari surildi. Qolaversa, soʻnggi yillarda UFC turnirlarida muntazam ishtirok etayotgan oʻzbekistonlik jangchilar koʻpayib borayotgani, mazkur yoʻnalishning Oʻzbekistonda rivojlanib borayotgani va turnirning xalqaro darajadagi nufuzi inobatga olinib, kelgusida Toshkentda UFC bahslarini ham oʻtkazish masalasi muhokama qilindi.

Text to speech