World boxing kubogi: Eng koʻp finalchi Oʻzbekistonda
Xitoyning Guiyang shahrida boks boʻyicha World boxing kubogining 2-bosqichi hal qiluvchi bosqichga kirdi. Bugun musobaqada yarim final janglari ortda qoldi. Tashkil etilgan shiddatli janglarda 7 nafar vakilimiz gʻalaba qozonib final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Qayd etish joiz, 7 nafar finalchi bilan Oʻzbekiston terma jamoasi hal qiluvchi bosqichga yoʻl olgan davlatlar orasida peshqadamlik qilmoqda. Ertaga chempionlik uchun jang qiladigan yurtdoshlarimiz:
-48 kg: Farzona Fozilova
-57 kg: Nigina O‘ktamova
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva
-50 kg: Asilbek Jalilov
-60 kg: Abdumalik Xalokov
-80 kg: Javohir Ummataliyev
-90 kg: To‘rabek Habibullayev
Bugun imkoniyatni boy bergan quyidagi vakillarimiz bronza medaliga sazovor boʻlishdi:
-60 kg: Sitora Turdibekova
-75 kg: Aziza Zokirova
-85 kg: Akmaljon Isroilov
+90 kg: Arman Maxanov