20 Iyun 2026
178
Portugaliya — Oʻzbekiston oʻyinini marokashlik hakamlar boshqarishadi
AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida oʻtayotgan futbol boʻyicha jahon chempionatining 2-turidan oʻrin olgan Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalari oʻrtasidagi bahsda ishlovchi hakamlar ma’lum qilindi.
Unga koʻra, “K” guruhidan oʻrin olgan ushbu bellashuvni marokashlik Jalal Jayed boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari yordam beradi. Uchrashuvning toʻrtinchi va beshinchi rasmiy hakamlari sifatida JAR vakillari belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, mazkur oʻyin 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi.