20 Iyun 2026 188

Jizzaxda veloshosse boʻyicha Gran-pri turniri oʻtkazildi

18-19-iyun kunlari Jizzax viloyatida veloshosse boʻyicha Gran-pri turniri boʻlib oʻtdi. 10 ga yaqin mamlakatdan 100 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan mazkur musobaqada oʻzbekistonlik sportchilar yuqori natija qayd etishdi. Ikki bosqichdan iborat bellashuvlar davomida erkaklar jami 200 km, ayollar esa 196 km masofani bosib oʻtishdi. Yakunda umumiy klassifikatsiya boʻyicha gʻolib va sovrindorlar roʻyxati quyidagicha koʻrinishga keldi:

Erkaklar:
🥇 Skott Kemeron (Avstraliya)
🥈 Dilan Hopkins (Avstraliya)
🥉 Nikita Svetkov (Oʻzbekiston)

Ayollar:
🥇 Yanina Kuskova (Oʻzbekiston)
🥈 Shahnoza Abdullayeva (Oʻzbekiston)
🥉 Madina Qahhorova (Oʻzbekiston)

Text to speech