18 Iyun 2026 87

Janni Infantino terma jamoamizni jahon chempionatidagi debyut bilan tabrikladi

Futbol boʻyicha milliy terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlash uchun Meksikaga tashrif buyurgan Oʻzbekiston rasmiylari “Atsteka” stadionida FIFA Prezidenti Janni Infantino bilan uchrashishdi. Samimiy suhbatda janob Infantino terma jamoamizni tarixiy debyut bilan qutladi va kelgusi oʻyinlarda omad tiladi.

Oʻz navbatida, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati FIFA raisiga minnatdorchilik bildirib, Kolumbiyaga qarshi bahs milliy futbolimiz rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etishini bildirishdi.

Shuningdek, rasmiylar Kolumbiya futbol federatsiyasi prezidenti, FIFA kengashi a’zosi Ramon Xesurunni qoʻlga kiritilgan gʻalaba bilan tabriklashdi va esdalik sovgʻasini taqdim etishdi.

Text to speech