RSTIAM va Foro Italico universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari Xalqaro sport tibbiyoti federatsiyasi prezidenti (FIMS), professor Fabio Pigozsining taklifiga binoan Italiyaning Rim shahrida oʻtayotgan “Sportda profilaktik sog‘liqni saqlash: Italiya modeli — joriy amaliyot va kelajak istiqbollari” mavsuzidagi xalqaro simpoziumda ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida FIMS prezidenti Fabio Pigozsi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Suhbat chogʻida Fabio Pigozsi mamlakatimizda sport va sport tibbiyoti sohasiga qaratilayotgan eʼtiborni yuqori baholab, RSTIAM vakillarini soʻnggi yillarda oʻzbek sportining xalqaro maydonlarda erishayotgan yutuqlari bilan tabrikladi. Shuningdek, u futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga jahon chempionatida omad tiladi.
Uchrashuvda Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Kamol Sirojitdinov joriy yilning 7-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida koʻtarilgan masalalar xususida gapirib, ular yuzasidan oʻz takliflarini bildirdi. Jumladan, sport tibbiyoti, dietologiya, farmakologiya va psixologiyasi yoʻnalishlarida FIFA hamda FIMSning asosiy hamkorlaridan biri boʻlgan Foro Italico universiteti bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini muntazam oshirib borish boʻyicha tashabbuslar ilgari surildi.
Uchrashuv yakunida Foro Italico universiteti hamda Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.