16 Iyun 2026
126
Ilgiz Tantashev Shotlandiya — Marokash uchrashuvini boshqaradi
Futbol boʻyicha jahon chempionatiga jalb etilgan oʻzbekistonlik referilar brigadasiga topshirilgan ilk uchrashuv ma’lum boʻldi. Unga koʻra, bosh hakam Ilgiz Tantashev 20-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da boshlanadigan Shotlandiya — Marokash uchrashuvini boshqarib boradi. Hamyurtimizga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi hakamlarimizga mazkur uchrashuvda omad tilaydi.