15 Iyun 2026
109
Anvar Anvarov Shveysariyadagi turnirda oltin medalga sazovor boʻldi
Shvetsiyaning Solletuna shahrida yengil atletika boʻyicha “Folksam Grand Prix” turniri boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anvar Anvarov uzunlikka sakrash dasturida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Yurtdoshimiz turnirda 8,23 metr natija qayd etib, Norvegiya va vengriyalik eng yaqin taʼqibchilarini katta farq bilan ortda qoldirishga erishdi.
“Folksam Grand Prix”, Shvetsiya
Uzunlikka sakrash, erkaklar:
🥇 Anvar Anvarov (Oʻzbekiston) – 8,23 metr
🥈 Xenrix Flatnes (Norvegiya) – 8,03
🥉 Kristofer Prist (Vengriya) – 7,79