14 Iyun 2026 206

Oʻzbekistonda yangicha formatdagi Xalqaro Olimpiya kuni yuqori kayfiyatda nishonlandi

“Olimpiya shaharchasi”da Xalqaro Olimpiya kuniga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Butunlay yangicha formatda tashkil etilgan bayram katta sport jamoatchiligi, shuningdek, yuzlab yurtdoshlarimizni sogʻlom turmush tarzi va Olimpiya qadriyatlari atrofida birlashtirdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili Odil Abduraxmanov, Sport vaziri Adham Ikramov hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov soʻzga chiqib, barcha yurtdoshlarimizni Xalqaro Olimpiya kuni bilan muborakbod etdi.

“Olimpiya shaharchasi” hududida sport federatsiya va assotsiatsiyalarining maxsus burchaklari tashkil etildi. Bu orqali tadbirga tashrif buyuruvchilar qator sport turlari va yulduz atletlarimiz bilan yaqindan tanishishdi, oʻzlarini har xil yoʻnalishlarda sinab koʻrishdi va unutilmas taassurotlarga ega boʻlishdi.

Bayram davomida “7Saber”, “Uztex”, “Mikrokreditbank” va “Yandex” kabi hamkorlar tomonidan mehmonlarga esdalik sovgʻalari ulashildi.

Xalqaro Olimpiya kuni sport, doʻstlik va birdamlik bayramiga aylanib, barchaga yorqin xotiralar ulashdi.

Platinum hamkorlar: 7Saber I UzTex I  Mikrokreditbank 
Bronza hamkor: Yandex

Text to speech