10 Iyun 2026 109

Qirgʻiz Respublikasi MOQ Prezidenti Ayvaz Omorkanov “Olimpiya shaharchasi”ga tashrif buyurdi

Qirgʻiz Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti, Xalqaro muz ustida xokkey federatsiyasi vitse-prezidenti Ayvaz Omorkanov poytaxtimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmon tashrif doirasida sport infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida barpo etilgan “Olimpiya shaharchasi”ni koʻzdan kechirdi.

Ayvaz Omorkanovni Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov kutib oldi. Tashrif doirasida mehmon majmuada oʻtkazilayotgan “Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi” bellashuvlarini kuzatish barobarida shaharchadagi har bir obyekt va ularda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, sportchilarning mashgʻulot oʻtkazishi va yirik xalqaro musobaqalarni qabul qilish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumotga ega boʻldi.

Shuningdek, Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi rasmiylari ishtirokida oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Text to speech