5 Iyun 2026
44
“Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi” bellashuvlarining ochilish marosimi oʻtkazildi
Bugun Toshkentda “Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqasining Respublika bosqichiga boshlandi. Shu munosabat bilan, “Olimpiya shaharchasi”da musobaqaga ramziy start berish tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sport boʻyicha vakili Odil Abdurxmanov, shuningdek, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari, boshqa hamkor tashkilotlarning rahbariyati, oliy oʻquv yurtlari rektorlari ishtirok etishdi.
Rejaga koʻra, oʻyinlar 10-iyunga qadar davom etadi. Unda talaba sportchilar voleybol, gandbol, 3x3 basketbol, stol tennisi, futbol, yengil atletika va suzish boʻyicha bahslashishadi.