3 Iyun 2026
482
“BMB PFC” futzal boʻyicha Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi
Bugun futzal boʻyicha Oʻzbekiston kubogining final bellashuvi boʻlib oʻtdi. Unda milliy chempionatda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan “BMB PFC” hamda mavsumni kumush medal bilan tugatgan “SQB” jamoalari toʻqnash kelishdi. Qiziqarli kechgan oʻyin “BMB PFC”ning gʻalabasi bilan yakunlandi va klub mavsumdagi ikkinchi sovrinini qoʻlga kiritdi.
Taqdirlash marosimida Oʻzbekiston MOQ va mamlakat futzal federatsiyasi mutasaddilari ham ishtirok etib, sportchilarni qoʻlga kiritgan gʻalabalari bilan qutlashdi.