3 Iyun 2026
514
“Tashkent Open Judo Kids Cup IV” musobaqasi boshlandi
Poytaxtimizdagi “Humo arena” majmuasida dzyudo boʻyicha “Tashkent Open Judo Kids Cup IV” xalqaro musobaqasi boshlandi. Turnirda Braziliya, Ispaniya, Rossiya, Qatar, Sadiya Arabistoni, Gruziya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiz Respublikasi kabi mamlakatlardan kelgan 3000 nafardan ziyod bolalar turli vazn va yosh toifalarida gʻoliblik uchun bahs olib borishadi.
Musobaqa jarayonini Oʻzbekiston MOQ va mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbariyati ham kuzatib bordi. “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan tashkil etilayotgan musobaqa 4-iyunga qadar davom etadi.