2 Iyun 2026
27
Taekvondochilarimizning Rim Gran-prisida qatnashadigan tarkibi maʼlum
5-7-iyun kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida taekvondo WT boʻyicha Gran-pri turniri boʻlib oʻtadi. G-6 tasnifidagi mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi katta tarkibda ishtirok etadi. Mamlakat taekvondo assotsiatsiyasining maʼlum qilishicha, terma jamoamiz quyidagi tarkibda Apennin yarim oroliga yoʻl oladi:
Erkaklar:
-58 kg: Jahongir Xudoyberdiyev
-68 kg: Diyorbek Toʻxliboyev
-68 kg: Najmiddin Qosimhojiyev
-80 kg: Jasur Jaysunov
+80 kg: Marat Mavlonov
+80 kg: Yodgorbek Joʻraboyev
Ayollar:
-57 kg: Madina Mirabzalova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+67 kg: Svetlana Osipova