Toshkentda drift bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq kubogi bosqichiga start berildi
Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy avtosport va karting federatsiyasi (NAFKU) rahbariyati hamda mehmonlar ishtirok etishdi.
Poygalarda Oʻzbekiston, Latviya, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Yaponiyadan 28 ta mashina ishtirok etmoqda. Shuningdek, tadbir doirasida xalqalardagi raqamli poygalar (eSports GT3) boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining bosqichi ham boʻlib oʻtmoqda.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan rasmiylar O‘zbekistonda avtomobil sporti jadal rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladilar.
Musobaqa FIA xalqaro sport kodeksiga muvofiq ravishda tashkil etilmoqda. Rasmiylar musobaqa ishtirokchilariga omad, yorqin g‘alabalar va yuksak natijalar tiladilar. Shundan so‘ng pilotlar paradi va final chiqishlariga start berildi.
Musobaqa 31-maygacha CAEx koʻrgazmalar markazida oʻtkazilmoqda.