30 May 2026
248
Namanganda “Oʻzbek botirlari” Gran-prisi oʻtkazilmoqda
Namanganda erkin va yunon-rum kurashi boʻyicha “Oʻzbek botirlari” Gran-pri turniri tashkil qilinmoqda. Ortda qolgan kun sportchilar yunon-rum kurashi bahslarida kuch sinashishdi.
Olimpiya vazn toifalarida kechayotgan bellashuvlarda gilamga chiqqan yurtdoshlarimiz Abdulaziz Tursunboyev (-60 kg), Aytjan Xalmaxanov (-67 kg), Abdullo Aliyev (-77 kg), Muhammadqodir Rasulov (-87 kg) oʻz vazn toifalarida gʻalaba qozonishdi.