29 May 2026
187
O‘smir dzyudochilarimiz Osiyo kubogida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi
Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo kubogida o‘smirlar o‘rtasidagi bahslar yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 13 ta oltin, 9 ta kumush va 17 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Shubhasiz, bunday natija bilan sportchilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Ertadan yoshlar toifasidagi bahslar boshlanadi.