29 May 2026
110
Badiiy gimnastika boʻyicha Osiyo chempionatida 16 ta medalga sazovor boʻlishdi
Qirgʻiz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida badiiy gimnastika boʻyicha Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida hamyurtlarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega boʻldilar.
🥇 Oltin:
Taxmina Ikromova (kattalar, xalqa)
Taxmina Ikromova (kattalar, toʻp)
Taxmina Ikromova (kattalar, tasma)
Taxmina Ikromova (kattalar, bulava)
Anora Mamajonova (yoshlar, bulava)
🥈 Kumush:
Natalya Usova (kattalar, tasma)
Yasmina Zufarova (yoshlar, tasma)
🥉 Bronza:
Natalya Usova (kattalar, bulava)
Shu tariqa, badiiy gimnastikachilarimiz bu yilgi qit’a birinchiligini 12 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medallari bilan yakunlashdi.