27 May 2026 53

U23 yosh toifasidagi kurashchilarimiz Osiyo chempionatida 15 ta medal jamgʻarishdi

Vyetnamning Danang shahrida sport kurashlari boʻyicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Musobaqaning soʻnggi kunida erkin kurashchimiz Fazliddin Nasriddinov -74 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor boʻldi.

Shu tariqa, musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari barcha yoʻnalishlarda jami 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Ertadan ushbu shaharda U17 yosh toifasidagi qit’a birinchiligi start oladi.

Text to speech