26 May 2026
32
Yosh trampolinchilarimiz Osiyo chempionatida 8 ta medal qoʻlga kiritishdi
21–25-may kunlari Gonkongda trampolin bo‘yicha turli yosh toifalaridagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush hamda 5 ta bronza medallariga ega chiqdi.
🥇 Oltin medallar:
Jahongir Bahodirov (11-12 yosh, yakkalik)
Diana Smirnova va Svetlana Kasparyan (13-16 yosh, sinxron sakrash)
🥈 Kumush medal:
Ahrorbek Yusufov (+17 yosh, yakkalik)
🥉 Bronza medal:
Muhammadjon Ergashaliyev (13-14 yosh, yakkalik)
Svetlana Kasparyan (13-14 yosh, yakkalik)
Firdavs Ibragimov (15-16 yosh, yakkalik)
Lola Ahmedova (+17 yosh, yakkalik)