20 Dekabr 2025
74
Ogʻir atletikachilarimiz “10th Qatar weightlifting cup” musobaqasiga joʻnab ketishdi
19-27-dekabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida ogʻir atletika boʻyicha “10th Qatar weightlifting cup” musobaqasi boʻlib oʻtadi. Bugun mazkur musobaqada ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi Doha shahriga yoʻl oldi.
Mamlakat ogʻir atletika federatsiyasining maʼlum qilishicha, boʻlajak turnirda jamoamiz quyidagi tarkibda medallar uchun kurash olib boradi:
Erkaklar:
-65 kg: Adhamjon Ergashev
-79 kg: Abdulaziz Alimjonov
-94 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
+110 kg: Amir Abdullayev
Ayollar:
-48 kg: Munisa Odilova
-58 kg: Nigora Abdullayeva
-63 kg: Ziyoda Xudoyqulova
-77 kg: Mashhura Rustamova
-88 kg: Nigora Rustamova