14 Aprel 2026
94
Shohjahon Xolmurodov jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi
Taekvondo WT boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatidan yana bir xushxabar. Bugungi bellashuvlarda ham sportchilarimiz sovrindorlar qatorida joy olishdi.
Yigitlar oʻrtasida -45 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda Shohjahon Xolmurodov yarim finalgacha yetib keldi. Final ostonasida u tailandlik raqibimga imkoniyatni boy berdi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Taqdirlash marosimida MOQ rahbariyati ham qatnashib, sportchimizni erishgan muvaffaqiyati bilan qutladi.