10 Dekabr 2025
159
FIA Bosh Assambleyasi doirasidagi tadbirlarga rasman start berildi
“Oʻzbekiston” xalqaro forumlar saroyida FIA Bosh Assambleya haftaligining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. FIA Prezidenti Muhammad Ben Sulayem, Sport vazirligi va MOQ rahbariyati, shuningdek, xalqaro tashkilot tarkibiga kiruvchi barcha yoʻnalishlarning mutasaddilari ishtirok etishdi.
Tadbirda mamlakatimiz nomidan soʻz olgan Sport vaziri Adham Ikramov barcha mehmonlarni qutlab, yurtimizda sport sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida toʻxtaldi. Shuningdek, janob Ben Sulayem Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor oʻtkazilayotgan avtosport olamidagi mazkur tadbirning ahamiyati haqida gapirdi va yil davomida turli yoʻnalishlarda faollik koʻrsatgan jamoalar hamda tashkilotlarni taqdirladi.