7 Aprel 2026
126
Rasmiylar badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogiga olib borilayotgan tayyorgarlikni koʻzdan kechirishdi
Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati poytaxtimizdagi Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan Respublika Olimpiya zaxirasi bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida rasmiylar 10-12-aprel kunlari Toshkent mezbonlik qiladigan badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi musobaqasiga olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, sport maktabining qayta taʼmirdan chiqarilgan hududlari, zamonaviy talablar asosida barpo etilgan yangi mashgʻulot zali ham koʻzdan kechirilib, sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganildi.