Osiyo chempionatida qatnashadigan dzyudochilarimiz tarkibi eʼlon qilindi
16-19-aprel kunlari Xitoyning Ordos shahrida dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Qitʼamizning eng kuchli dzyudochilarini jamlaydigan mazkur musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarimiz tarkibi maʼlum boʻldi. Unga koʻra, terma jamoamiz quyidagi tarkibda Chin oʻlkasiga yoʻl oladi:
Erkaklar:
-60 kg: Samariddin Qoʻchqorov
-60 kg: Doston Roʻziyev
-66 kg: Zamoxshari Bekmurodov
-73 kg: Elbek Tojiyev
-81 kg: Murodjon Yoʻldoshev
-90 kg: Nurbek Murtozoyev
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev
Ayollar:
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Sita Qadamboyeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-63 kg: Marjona Nurillayeva
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-70 kg: Shirinjon Yoʻldosheva
-78 kg: Marjona Koʻchimova
-78 kg: Barchinoy Qodirova
+78 kg: Umida Nigʻmatova